O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmon va qarorlari
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi
Davlat dasturi
Muhokama
HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH
№
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar
Amalga oshirish mexanizmlari
1
Maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta'minlash.
Bolalarni maktabgacha ta'lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish.
100 foiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan ta'minlash.
2
Umumiy o‘rta ta'lim tizimida “Ta'lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish.
Olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan to‘liq ta'minlash.
3
Umumiy o‘rta ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish.
700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish.
Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish.
Ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish.
Barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslarini joriy etish.
Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta'lim metodikasini barcha umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quv jarayonlariga joriy qilish.
4
Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.
1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish.
500 ming nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta'lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish.
Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abiturientlar uchun pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish.
5
Umumiy o‘rta ta'limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida va xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2 milliard dollarlik umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish loyihalarini amalga oshirish.
Nodavlat umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish.
Kelgusi besh yilda nodavlat umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish.
2024-yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Nodavlat umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish.
6
Professional ta'lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish.
700 ta professional ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish.
14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish.
O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkazish.
7
Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.
Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish.
Umumiy o‘rta ta'lim tashkilotlarini oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta'minlash.
30 ta oliy ta'lim muassasasining ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish.
“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta'lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish.
10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta'lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.
Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish.
8
Oliy ta'lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash.
5 ta oliy ta'lim muassasasini milliy tadqiqot oliygohlariga aylantirish.
Qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish.
Kutubxonalarni kamida 1 million ta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va kutubxona fondini to‘liq raqamlashtirish.
9
Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish.
Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratish.
Fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta yetakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va san'at yo‘nalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion so‘m ajratish.
10
Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish.
Amaliy tadqiqotlarga Davlat byudjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish.
Amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratish.
Transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etish.
11
Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash.
40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini o‘rtacha 2 barobarga oshirish.
Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkazish.
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga yetkazish.
12
Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishini ta'minlash.
Har bir million aholiga to‘g‘ri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga yetkazish.
Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish.
13
Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish.
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish.
Tibbiyotga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirish.
Onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobar kamaytirish.
Sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 100 ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish.
14
Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yana-da yaqinlashtirish.
350 ming nafar diabet va 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish.
Tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal etishga erishish.
Respublikada gemodializ o‘rin joylari bilan bemorlarni to‘liq qamrab olish.
15
Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish.
Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarni 2 barobarga qisqartirish.
Chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshirish.
16
Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta'minlash.
Homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab tug‘ruqdan so‘ng 42 kun ichida ayollar, go‘daklar va besh yoshgacha bolalar orasidagi o‘limni 2 barobarga kamaytirish.
Tug‘ruq o‘rinlari sonini 35 foizga oshirish.
6-23 oylik bolalarni mikronutrient kukuni, 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15-35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta'minlash.
Bolalar orasidagi yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni 20 foizga qisqartirish.
17
Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish.
30-69 yoshdagi aholi orasida onkologik kasalliklarni profilaktik ko‘riklarda, erta bosqichlarida aniqlab, 5-yillik umr davomiyligi ko‘rsatkichlarini 2 barobar oshirish, 1-yilgacha o‘lim ko‘rsatkichini 2 barobar kamaytirish.
120 ming nafar onkologiyasi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olinishini ta'minlash.
18
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish.
Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga yetkazish.
Katta yoshdagi (40 yosh va undan yuqori) aholi orasida qandli diabet va arterial gipertoniya kasalliklarining erta bosqichida aniqlash ko‘rsatkichini 2 barobarga oshirish.
30–69 yoshdagi aholi orasida har 100 ming aholiga nisbatan yurak-qon-tomir, qandli diabet, surunkali respirator kasalliklaridan o‘limni 30 foizga kamaytirish.
19
Sog‘lom va faol keksalikni ta'minlash.
Har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish.
Katta yoshdagi (40 yosh va undan yuqori) aholi orasida jismoniy faol aholi ulushini 2 barobar oshirish.
20
Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
Me'yoridan ortiq tuz iste'mol qiladigan aholi ulushini 32 foizga, yetarlicha jismoniy faollikka ega bo‘lmagan aholini 22 foizga, ortiqcha vaznga va semizlikka ega katta yoshdagi aholini tegishincha 32 foiz va 23 foizga qadar kamaytirish.
5 yoshgacha bolalar orasida bo‘y o‘sishi kechikishi mavjud bo‘lganlar, vazn og‘irligi yetishmasligi mavjudlar va ortiqcha vazni mavjud ulushini o‘rtacha 2 barobarga kamaytirish.
Ta'lim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyog‘, tuz va shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash, sotilishini 100 foiz cheklash.
21
Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish.
Tibbiyot muassasalarini raqamlashtirishni 100 foizga yetkazish.
22
Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish.
Ijtimoiy himoya qilish tizimi bilan muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishiga erishish.
Ijtimoiy xizmatlarni majmuaviy amalga oshirish uchun respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil qilish.
23
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish.
Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarning sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan ta'minlash darajasini 100 foizga yetkazish.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta'minlash orqali ular bandligini 2 barobarga oshirish.
Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud infratuzilma holatini baholash tizimini joriy qilib, qulay va maqbul muhitni yaratish.
“To‘siqsiz turizm” dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1 000 nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish.
24
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.
Jamiyatda bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka toqatsizlik madaniyatini shakllantirish.
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni parvarishlash bo‘yicha muqobil noinstitutsionallashgan shakllarni joriy qilish.
25
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash.
Gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish.
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash.
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
26
Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Har yili 1 milliondan ortiq nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish.
Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar qamrovini kamida 30 foizgacha oshirish.
27
Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish.
2026-yilga qadar kambag‘allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish.
Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 4,5 million aholi daromadini oshirish.
Ijtimoiy sheriklik asosida 500 ming malakali mutaxassis tayyorlash.
28
Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish.
Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandligini ta'minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizgacha tushirish.
Homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, ish beruvchi yuridik shaxs tugatilganda va tugatilayotgan korxonaning to‘lovlar uchun mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqalari, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatidagi sug‘urta to‘lovlarini kafolatlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali amalga oshirishni tashkil etish.
29
Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
2 million nafar fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish.
Kasbga o‘qitish markazlarining 1,6 ming nafar o‘qituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.
Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor ulushini 30 foizga yetkazish.
30
Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish.
Yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg‘ul bo‘lishini ta'minlash uchun har bir viloyatda 1 tadan “Kreativ park”lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish.
Maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta'minlash.
31
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish orqali kamida 2 million nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.
Har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish.
32
Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish.
400 ming nafar yoshlarning bandligini ta'minlash va muammolarini hal etishga erishish.
Yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.
33
Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yana-da ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish.
IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta'minlash.
Maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish.
“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.
34
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish.
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish orqali yoshlar qamrovini 8 milliondan oshirish.
Sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushini 36 foizga yetkazish.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun kamida 5 mingta mahallada sport maydonchalarini barpo etish.
35
Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish.
Sport-ta'lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar sonini 1 million nafarga yetkazish.
130 ming nafarga yaqin yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishiga imkoniyat yaratish.
36
Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.
2030-yil Dohada (Qatar) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining umumiy jamoa hisobida kuchli TOP-5 talik davlatlar qatoriga kirishiga erishish.
Razryadli va unvonli sportchilar sonini 25 ming nafarga yetkazish.
Sport sohasida oliy ma'lumotli xodimlar ulushini 85 foizga yetkazish.
Sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar sonini 140 taga yetkazish.
37
Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish.
Olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida kuchli 15 ta mamlakat qatoridan o‘rin egallashga erishish.
38
Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash.
Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash.
Maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini joriy qilish.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish.
Ilmiy va sotsiologik tadqiqotlar bilan jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashning barcha asosiy masalalarini qamrab olishga erishish.
39
O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish.
Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish.
Har yili 100 ta eng yaxshi badiiy asar hamda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan 50 ta badiiy kitoblar yaratish.
“O‘zbek adabiyoti xazinasidan” ko‘p jildlik, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini o‘zbek tilida nashr qilish.
40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish.
40
Zamonaviy teatr va sirk san'atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish.
40 ta teatr binolarini ta'mirlash va jihozlash.
6 ta yangi teatr binolarini qurish, davlat teatrlariga tomoshabinlarning yillik tashrifini 5 millionga yetkazish.
2 ta yangi qo‘g‘irchoq teatrlarini tashkil etish.
Zamonaviy teatr va sirk san'ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.
41
O‘zbek milliy san'atini targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish.
Maqom, baxshichilik, raqs va teatr yo‘nalishlarida kamida 10 ta xalqaro festival va anjumanlar o‘tkazish.
Sohada ta'lim berishga kamida 20 nafar yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
42
Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yana-da takomillashtirish.
San'atshunoslik instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti arxividagi 3 ming tadan ortiq arxiv materialini zamonaviy formatga o‘tkazish.
Kamida 3 ta noyob nomoddiy madaniy meros namunasini YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlariga kiritishga erishish.
30 tadan ortiq nomoddiy madaniy meros elementini chuqur ilmiy tadqiq etish.
158 ta madaniy meros ob'ektini asrashga doir ishlarni bajarish.
Muzeylarga yillik tashrifni 5 millionga yetkazish.
2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish.
43
Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san'at yo‘nalishlarini rivojlantirish.
2024–2030-yillarda 432 ta ta'mirtalab madaniyat markazlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.
13 ta bolalar musiqa va san'at maktablarini jihozlash, to‘garaklar sonini 7 mingtaga yetkazish.
Hududlarning madaniyat va istirohat bog‘larida 64 ta zamonaviy yozgi kinoteatrlar va 24 ta buk-kafelar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
44
Milliy kinematografiyani rivojlantirish.
Dunyodagi eng ommabop 10 ta internet platformasiga milliy filmlarni joylashtirish.
2024–2030-yillarda “Buyuk tarix” nomli hujjatli serial ishlab chiqarish va uni jahonning mashhur 5 ta telekanalida namoyish etish.
Milliy qahramonlar haqida 10 ta multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish.
BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH
№
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar
Amalga oshirish mexanizmlari
45
2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish.
Pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar bozorida raqobat muhitini yaxshilashga qaratilgan tarkibiy islohotlarni davom ettirish orqali 2030-yilga borib yillik inflyatsiyani 5-6 foiz darajasida ta'minlash.
Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta'minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish.
Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish.
Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni zarur darajadagi energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan ta'minlash.
Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatini 50 foizdan oshmasligi uchun o‘rta muddatlarga mo‘ljallangan davlat qarzini boshqarish strategiyasini amalga oshirish.
Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7 foiz atrofida o‘sishini ta'minlash.
46
Fiskal barqarorlikni ta'minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish.
Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan va kelgusi yillarda 3 foizdan past bo‘lgan miqdorda bo‘lishini ta'minlash.
“Natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” amaliyotiga o‘tish.
“Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini qo‘shimcha kengaytirish imkoniyatidan foydalanish.
Markirovkalash va raqamlashtirish tizimi samarasini oshirish va kengaytirish orqali soliq ma'murchiligi tizimining samaradorligini yana-da oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni daromadliligi va Davlat byudjetiga yukini inobatga olib, ularni tasniflash hamda loyiha yo‘nalishlari bo‘yicha boshqarish tizimini joriy etish.
47
Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish.
Sanoatda ishlab chiqariladigan texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish.
Qayta ishlash sanoatida mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish.
Yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin – 1,5 barobar, kumush – 3 barobar, uran – 3 barobar oshirish.
Kon zaxiralarini baholashda ilg‘or xalqaro standartlarni keng joriy qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yirik kimyo-polimer klasterlarini tashkil etish va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish.
Avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnikani ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish.
Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini nazarda tutuvchi sanoat ipotekasi tizimini joriy etish.
Tog‘-kon metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik kabi sohalarda ilg‘or muhandislar maktablarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yirik korxonalarda o‘zlarining kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etish.
Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish.
Elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, kimyo, qurilish materiallari, metallni qayta ishlash, geologiya, energetika, bio-texnologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, transport va logistika kabi yo‘nalishlarda “Izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish.
48
Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish.
Yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ygan korxonalarni faol rag‘batlantirish tizimini joriy qilish.
Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish.
Har bir tumanda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish.
Respublikaning 60 ming kvadrat kilometr maydonida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish.
To‘qimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sun'iy va aralash tola ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqishni kengaytirish.
Farmatsevtika sohasida dori vositalariga ehtiyojni 70 foizga ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash.
Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni 5 barobarga oshirish.
Mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish.
49
Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yana-da oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish.
Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish.
Erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar savdolari hajmini 8 milliard dollarga yetkazish.
Umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan texnologik va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish.
Hududlarning investitsion reytingini yuritish, har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini yana-da oshirish.
Pay va venchur jamg‘armalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali portfel investitsiyalar hajmini 2 barobarga oshirish.
40 ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish, aholini IPOda qatnashishini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish.
Chet ellik nominal saqlovchilar hamda kastodian banklarning mahalliy kapital bozorida qatnashishi uchun infratuzilmani yaratish.
Barcha iqtisodiy zonalarda zarur infratuzilmadan (yo‘l, elektr energiyasi, suv va oqova tizimi) uzluksiz foydalanish imkoniyatlarini yaratish.
50
Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish.
Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish, bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish.
Banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish.
Banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali me'yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish.
Kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish.
Sudga kiritilgan da'volar bo‘yicha kreditlarga oshirilgan foiz va jarima hisoblashni to‘xtatish mexanizmlarini joriy qilish.
51
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming MVt hamda jami iste'moldagi ulushini 40 foizga yetkazish.
Sanoatda “yashil sertifikat”lar bozorini rivojlantirish va “ekologik markirovkalash” amaliyotini joriy qilish.
3 GVt quvvatli 3 ta issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali tabiiy gaz sarfini kamaytirish.
Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarning energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish.
Shaharlarda jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish.
Iqlim o‘zgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini (MRV) yaratish.
Issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010-yildagi darajadan 30 foizga qisqartirish.
52
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlash.
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kVtga yetkazish.
Tabiiy gaz qazib olish hajmini 62 milliard kub metrga yetkazish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish.
Energiya resurslari bozorini tartibga solish bo‘yicha mustaqil regulyatorni tashkil etish, elektr energiyasini sotib olish, sotish va yetkazib berish funksiyalarini ajratish.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni taqsimlash, generatsiya qilish va iste'molchiga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish.
Uglevodorodlar xomashyosi zaxiralarini ko‘paytirishga qaratilgan geologiya-qidiruv ishlariga xorijiy investorlarni jalb qilish.
Barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni to‘liq raqamlashtirish.
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashiga erishish.
53
O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish.
Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish.
Shimoliy yo‘nalishda temir yo‘l orqali yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish.
Yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish.
Elektrlashgan temir yo‘llari ulushini 65 foizga yetkazish.
Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish.
56 ming kilometr yo‘llarni qurish va ta'mirlash.
Temir yo‘l, havo yo‘llari transportida yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari tariflari shakllanishida bozor tamoyillariga o‘tish hamda sohaga xususiy va xorijiy operatorlarni jalb qilish.
Tuman markazlaridan qishloq aholi punktlarigacha jami 5,5 ming kilometr sement-beton qoplamali yo‘llar qurish.
Toshkent – Samarqand va Toshkent – Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llarini qurish.
Shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish, yangi avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkazish.
Toshkent – Samarqand, Samarqand – Navoiy – Buxoro yo‘nalishlarida yangi tezyurar temir yo‘llarini qurish, tezyurar poezdlarda yo‘lovchi tashish sonini 2,5 barobar ko‘paytirish.
Samaradorligi past bo‘lgan hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish.
Respublikaning 6 ta yirik aeroportini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va xususiy aviakompaniyalar sonini 10 taga yetkazish.
Barcha aeroportlarda strategik hamkorlar bilan “Ochiq osmon” rejimini joriy qilish, respublika aviaparkini 100 taga yetkazish.
54
Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish.
Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish.
Qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish.
Agrar sohaga jami 15 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish.
Hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha – 80–85 sentnerga yetkazish.
Qo‘shimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘zlashtirish va mazkur yerlarda ozuqabop, dorivor, moyli, dukkakli, sholi, g‘alla, sabzavot, poliz ekinlari ekish, intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish.
Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta'minotini 50 foizga yetkazish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta'minlash.
Respublika hududlarida 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish.
Yer munosabatlarini isloh qilish doirasida yer maydonlari ijara huquqini garovga qo‘yish mexanizmini joriy qilish.
Ko‘chatchilik xo‘jaliklari reestrini yuritish va ko‘chatlarni sertifikatlash tizimini joriy qilish.
Har bir tumanda agrar sohadagi ilm va innovatsiyalar, yangicha yondashuvlar, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi markazlarni tashkil qilish.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarga barcha subsidiyalarni yagona “Agrosubsidiya” platformasi orqali “bir qadam” tamoyili asosida taqdim etish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorvani sug‘urta qilish tizimini isloh qilish, alohida sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish va unga 100 million dollarni jalb qilish, dehqon va fermerlarga sug‘urta mukofotining 50 foizini subsidiyalash tizimini joriy qilish.
Chorvachilik sohasida ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni ta'minlash.
Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish va 1 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish.
55
Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish.
Dunyoning 50 ta nufuzli brendlari bilan maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish.
Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish.
Eksport hajmini 2 barobar oshirish va 45 milliard dollarga yetkazish, eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlari doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirish.
"Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti" g‘oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
56
Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish.
Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish, davlat ulushi mavjud 2,3 mingta korxonalar sonini 6 barobarga kamaytirish.
Respublikada 17 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish, ushbu sohalarga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat tasarrufida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalarni saqlab qolish.
Temir yo‘lda tashish, avtomobil yo‘llarini qurish va boshqarish, gaz va elektr yetkazib berish xizmatlarini xususiy sektorga olib berish.
Irrigatsiya, chiqindilarni qayta ishlash, ijtimoiy ob'ektlarda energetika va issiqlik ta'minoti tizimini boshqarish kabi davlat monopol sohalarida xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish.
Mahalliy tadbirkorlik sub'ektlariga strategik foydali qazilma konlarini berish amaliyotini kengaytirish, oltin, kumush, rangli metallar, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga berilgan ruxsatnomalar sonini 4 barobar oshirish.
Soliq tizimining barqarorligini ta'minlash maqsadida biznes uchun qo‘shilgan qiymat va foyda soliq stavkalari uch yil davomida oshirilmasligini kafolatlash.
Soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rasmiy sektor – nolegal faoliyatdan afzal va manfaatli bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni ta'minlash.
Kichik va o‘rta biznesning xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlarni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish, innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlantirishning yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish.
Oilaviy tadbirkorlik asosida bandlikni ta'minlashda oddiy “qo‘l mehnati”dan – sanoatlashgan ishlab chiqarish bosqichiga o‘tish, uskuna sotib olish uchun imtiyozli kredit miqdorini 100 million so‘mgacha oshirish.
Tadbirkorlik sub'ektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish vaqtini o‘rtacha 3 barobarga qisqartirish.
57
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish.
Barcha aholi punktlarini internet bilan to‘liq qamrab olish va uning tezligini 10 barobar oshirish, xalqaro internetga ulanish tezligini 5000 Gbit/s.ga yetkazish, optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali ma'lumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish.
IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish.
BMTning Elektron hukumat reytingida top-30 talikka kirishga erishish.
IT-park rezidentlari sonini 10 barobar oshirish, ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish.
IT-parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish orqali xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari sonini 1000 taga yetkazish.
Startap loyihalarni IT-parkning akseleratsiya (rivojlantirish) dasturi orqali qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan milliy bozor kapitallashuvini 1 milliard dollarga teng birinchi (Unicorn) startap loyihasini chiqarish.
“Raqamli hukumat” dasturi doirasida 300 ta ustuvor loyihalarni ishga tushirish, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish.
Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarni to‘liq mobil internet bilan ta'minlash.
58
O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish.
Xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25 millionga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada 30 ta yirik turizm klasterlarini tashkil etish, mehmon o‘rinlari sonini kamida 2 barobarga oshirish, tog‘li hududlarda 25 ta dor yo‘llari qurish, turizm mahallalari sonini 175 taga yetkazish.
Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, tibbiyot va ta'lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish.
Xorijiy turistlar uchun barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax free” tizimini joriy etish.
“Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturini ishlab chiqish hamda uning doirasida madaniy meros ob'ektini restavratsiya qilish, yodgorliklarda “ochiq osmon muzey”larini tashkil etish.
Mamlakatimiz miqyosida shaharlararo avtobus qatnovini ta'minlaydigan kompaniyalarni tashkil etishni yana-da rag‘batlantirish.
Jami 1 000 dan ziyod elektr quvvatlash stansiyalari, ovqatlanish va hordiq chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil qilish.
59
Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish.
Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish.
O‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda zamonaviy bozor xizmatlari, IT, ta'lim, tibbiyot, yuridik, san'at, turizm, mehmonxona va umumiy ovqatlanish hamda transport xizmatlarini rivojlantirish.
Shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarning 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish orqali savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish.
O‘rta va yirik shahar markazlarida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis ob'ektlarini tashkil etish.
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 6 mingta savdo va servis ob'ektlarini qurish.
Yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish.
60
Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta'minlash darajasini oshirish.
Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish choralarini ko‘rish, Samarqand va Namangan shaharlarini "millionlik shaharlar"ga aylantirish, 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish, barcha aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish.
Hududlarda 1 million xonadonli uy-joylar qurish, “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazib, qo‘shimcha 200 mingta oilaga mo‘ljallangan uylarni barpo etish, respublikada kamida 140 ming oilaga mo‘ljallangan ijtimoiy uylarni barpo etish.
Tuman (shahar)larning bosh va master rejalarini 3 ta toifali (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish.
Xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan massivlar va eskirgan uy-joylarni yangilash maqsadida keng jamoatchilik fikri asosida renovatsiya dasturlarini ishlab chiqish, aholi zich bo‘lgan hududlarda “bo‘yiga o‘stirish” tamoyili asosida ko‘p qavatli uy-joylar barpo etish.
Joylarda muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni qurishda hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda amalga oshirish.
Rivojlangan davlatlarning bino-inshootlar bo‘yicha qurilish xavfsizligi me'yorlari asosida yangi standartlarni joriy qilish.
Qurilishda montaj ishlarini baholash, tekshirish va qabul qilish tizimiga xususiy sektorni keng jalb qilish.
Qurilishda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqib, yiliga 20 ming nafar professional usta tayyorlash.
Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk ob'ektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni shakllantirish.
61
Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta'minlash.
“Infratuzilma obligatsiyalari”ni chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasini tashkil etish.
Barcha aholi punktlarini toza ichimlik suv va oqova xizmatlari bilan kafolatli ta'minlashning moliyaviy mexanizmlarini joriy qilish.
Suv ta'minoti korxonalari laboratoriyalarini ichimlik suv sifatini doimiy monitoring qilish uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari va reaktivlar bilan jihozlash.
Markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ega bo‘lmagan chekka hududlarda mahalliy tozalash inshootlarini tashkil etishni ta'minlash.
SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH
№
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar
Amalga oshirish mexanizmlari
62
Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish.
Suv ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish.
Tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga hamda ichki sug‘orish tarmoqlarining yopiq quvurli sug‘orish tizimlariga o‘tkazish bo‘yicha yetti yillik dastur doirasida irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsienti ko‘rsatkichini 0,73 gacha yetkazish.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan respublikaning suv resurslari balansini ishlab chiqish va uning ustidan doimiy monitoring o‘rnatish tizimini joriy qilish.
Suvni qayta ishlash, yetkazish va taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv yetkazadigan ob'ektlarni tadbirkorlar (fermer xo‘jaliklari va klasterlar) boshqaruviga berish.
Qo‘shni davlatlar bilan suv resurslarini integrallashgan holda boshqarish, transchegaraviy suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi ob'ektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida faol ikki taraflama manfaatli hamkorlikni davom ettirish.
Suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning yillik quvvatini 300 ming gektarga yetkazish.
Barcha ichimlik suv iste'molchilariga hisoblagichlar o‘rnatishni ta'minlash.
Ichimlik suv sifati, ichimlik suv bilan ta'minlanganlik darajasi, suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalari samaradorlik ko‘rsatkichlarini joriy etish.
63
Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash.
18,7 ming km yoki 66 foizi tuproq o‘zanli bo‘lgan magistral va xo‘jaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 13,1 ming kmga yoki 46 foizga yetkazish.
Melioratsiya ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish natijasida sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan maydonlarni 1,7 million gektargacha kamaytirish.
Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini 46 foizgacha yoki 13,2 ming kilometrga oshirish.
Kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda bo‘lgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish.
64
Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish.
Kamida 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob'ektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish.
Tuyamo‘yin suv ombori hajmini qo‘shimcha 1 milliard kub metrga kengaytirib, 1,2 million gektarda suv ta'minotini yaxshilash va ichimlik suv zaxirasini yaratish.
Irrigatsiya sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish hisobiga xususiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish.
65
“Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste'molini kamaytirish.
Nasos stansiyalaridagi eskirgan 1 069 ta nasos va 1 079 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish.
Energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi iste'molini 30 foizga kamaytirish.
Elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish hisobidan nasos stansiyalarini muqobil energiyaga o‘tkazish.
66
Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta'sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish.
Yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalari va lokal suv tozalash inshootlarini o‘rnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish, 14 ta ekologik toza hudud rejimini joriy qilish.
Shaharlar bosh rejalarini tuzishda ular hududining kamida 30 foizini yashil maydonlar tashkil etishi, turar joy binolarini qurishda “yashil maydon”larni aholining soniga mutanosib bo‘lishini ta'minlash.
Atrof muhitga ta'sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi ob'ektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish.
Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish tizimini rivojlantirish.
Qarovsiz hayvonlarni identifikatsiyalash va vaksinatsiyalash tizimini joriy qilish, ularni saqlash bilan shug‘ullanuvchi 14 ta pitomniklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Sanoat oqova suvlari darajasi va sifati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni doimiy ravishda rasmiy veb-saytlarda va ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik uchun e'lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
67
Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish.
Har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug‘orish tizimini yaratish.
1 984 ta yashil bog‘lar barpo etish, shu jumladan 112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan o‘z va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etish.
Barcha davlat idoralari, korxonalar, ta'lim muassasalari hududlarida “yashil bog‘lari”ni tashkil etish.
Toshkent shahrida yashil maydonlar hududini 5 barobar ko‘paytirib, 5 ming gektarga yetkazish.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish.
Shahar va tuman markazlarida har 50 – 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish.
68
O‘rmonlar maydonini kengaytirish.
Yerlarni eroziyadan va melioratsiya ob'ektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish.
Respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish, daraxt va buta urug‘lari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish.
O‘rmon fondining tog‘ va tog‘oldi hududlari plantatsiyalarini barpo qilish, cho‘l hududlarida o‘simliklarni ko‘paytirish, hududlarda himoya o‘rmonzorlarini barpo etish.
O‘rmon xo‘jaliklari va milliy tabiat bog‘lari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv ob'ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida ekoturizm, tog‘, ov va safari turizmini joriy qilish.
69
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta'sirini yumshatish.
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish.
Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, ularning umumiy hajmini 2,6 million gektarga yoki hududning 80 foiziga yetkazish.
“Yashil iqlim” va Global ekologik jamg‘armalarning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million dollar qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish.
Xalqaro hamkorlar bilan “Orol dengizi havzasining quyi oqimidagi degradatsiyaga uchragan yerlar holatini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish.
70
Iqlim o‘zgarishi salbiy ta'sirining oldini olish.
Cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlarini barpo etish.
Xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida barvaqt ogohlantirishlar darajasini 100 foizga yetkazish, tog‘ daryolari oqimi prognozlarining ishonchliligi darajasini 98 foizga yetkazish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning ishonchlilik darajasini 96 foizga yetkazish.
Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.
Suvsizlik va qurg‘oqchilikka chidamli, har bir hududning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish va hosildorlikni 30-35 foizga oshirish.
71
Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta'minlash.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirish, 2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklarini biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish.
Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish.
Hayvonot va o‘simlik dunyosi ob'ektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish.
Toshkent, Termiz va Farg‘ona davlat hayvonot bog‘larida musodara qilingan yovvoyi hayvonlarni vaqtinchalik saqlash, ularni davolash va parvarish qilish bo‘yicha reabilitatsiya markazlarini tashkil etish.
72
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 100 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizga oshirish.
Kuydiriladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish.
“Nol chiqindi” tizimi doirasida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish, qayta ishlash va ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan klasterlar joriy etish.
73
Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish.
Atrof-muhitga ta'siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni to‘liq modernizatsiya qilish, 249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.
Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish.
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH
№
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar
Amalga oshirish mexanizmlari
74
Aholi farovonligini ta'minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish.
Mahallaning mablag‘larini aholining ovoziga ko‘ra, infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilib, mahallalardagi muammolarni hal etish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini kamida 3 barobar ko‘paytirish.
Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablag‘larni 24 trillion so‘mga yetkazish.
Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish.
75
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish.
Hokimlarning mahalliy kengashga rahbarlik qilish amaliyotini to‘liq bekor qilib, kengash raisining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik doirasini aniq belgilash.
Mahalliy kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish, fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish, ularning faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish.
Mahalliy kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta ko‘rib chiqib, o‘ziga xos bo‘lmaganini bekor qilish.
Mahalliy kengashlar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.
76
Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish.
Viloyat va tuman (shahar) darajasidagi hokimliklar vazifa va funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, ularni muddatidan oldin lavozimidan ozod etishning huquqiy asoslarini yaratish.
Hokimliklarning hududiy ijro organlari shtat birligi va tuzilmalarini belgilashdagi rolini oshirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar (funksiyalar) bo‘yicha “vakolatlar reestri”ni shakllantirish.
Hokimliklar va vazirliklar bo‘linmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish.
Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish.
Hokimliklar faoliyatiga oid 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.
77
Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish.
Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish.
Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish.
Kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish.
Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish.
Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish hamda 50 foizini soddalashtirish.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning 300 taga yaqin tartib-taomillarini soddalashtirish.
Davlat xizmatlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan”, “barchasi bir mobil ilovada” tamoyillari asosida raqamlashtirish.
Davlat xizmatlarining 40 foizini xususiy sektorga o‘tkazish va fuqarolarning shaxsiy ishtirokini 2 barobarga qisqartirish.
“Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi – “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tilib, barcha hujjatlar va munosabatlarning raqamli shaklda bo‘lishini ta'minlash.
Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish.
78
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish siyosati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining kamida 30 foiz vazifa va funksiyalarini mahalliy ijro organlariga o‘tkazish.
Davlat organlari rahbarlarining o‘zi rahbarlik qilayotgan idora yoki tizim faoliyatida yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklar uchun siyosiy javobgarligi institutini joriy qilish.
Sog‘liqni saqlash, qurilish, transport, ta'lim sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish.
Davlat boshqaruvida mavjud bo‘lgan 5 mingga yaqin funksiyani amalga oshirish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish.
Majburiy talablar yagona elektron reestriga kiritilgan majburiy talablarni kamida 20 foizga kamaytirish.
Davlat nazorat funksiyalarini fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini qat'iy ta'minlashga yo‘naltirish.
79
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yana-da oshirish.
Parlament va uning organlari ish jarayonlarini raqamli transformatsiya qilish, shu jumladan ular tomonidan qarorlar qabul qilish va e'lon qilish jarayonlarini 100 foiz raqamlashtirish.
Saylovchilar bilan elektron muloqot qilish, deputat so‘rovini elektron tarzda yuborish va nazorat qilish imkoniyatini ta'minlash.
Qonunchilikka oid takliflarni kiritish va ko‘rib chiqish tartibini joriy qilish.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yana-da kuchaytirish maqsadida vakillik organlariga saylovning aralash (majoritar-proporsional) tizimini joriy qilish.
80
Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta'minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish.
Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida tartibga solish yukini kamida 30 foizga qisqartirish.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish, ularning ulushini kamida 60 foizga yetkazish.
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining samarali monitoringi qamrovini 100 foizga yetkazish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta'sirini baholash hajmini kamida 2 baravarga oshirish.
Huquq tizimi raqobatbardoshligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun qulay bo‘lgan sodda va ixcham qonunchilik tizimini yaratish.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning aniq chegaralarini belgilash orqali ularning sonini keskin qisqartirish.
81
Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish.
Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish.
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta'minlash.
Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida ming nafarga yetkazish.
Davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
82
Xalq bilan muloqotni yana-da kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish.
Takroriy murojaatlar ulushini kamida 2 barobar qisqartirish.
Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyotini bekor qilish.
Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda, shu jumladan tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.
Murojaatlarning kamida 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini ta'minlash.
Hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mahallaning o‘zida hal qiladigan xalqchil tizim yaratish.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qabullarida masofadan videoaloqa vositasida ishtirok etish imkoniyatlarini 100 foizga yetkazish.
83
Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yana-da rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish.
Ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirib, ularning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishning kafolatli ta'minlash.
Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 baravarga ko‘paytirish.
Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish.
84
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta'minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish.
Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini (tugmali) svetoforlar bilan to‘liq jihozlash.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish.
Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish.
85
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma'muriy adliya tizimini yana-da rivojlantirish.
Ma'muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni to‘liq bartaraf etish.
Sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish.
Sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish.
Ma'muriy tartib-taomillar prinsiplarini yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga to‘liq tatbiq etish.
86
Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta'minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish.
Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ballni to‘plashga erishish.
Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish.
Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta'minlashga erishish.
Sud tizimini boshqarishga sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini to‘laqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini to‘liq shakllantirish.
Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yo‘nalishi bo‘yicha 61,5 ballni to‘plashga erishish.
87
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish.
Yagona elektron reestr yaratish orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo‘lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish.
Dalillarni to‘plash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali to‘liq raqamlashtirish.
Sud va boshqa organlarning hujjatlari ijrosini ta'minlash bo‘yicha ishlar toifasining kamida 30 foizini xususiy sektor yordamida ijro etishni yo‘lga qo‘yish.
Jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytirish.
100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish va ushbu ishlar bo‘yicha elektron hujjat almashinuvini ta'minlash.
88
Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish.
Advokatura institutini o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish hamda uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini ta'minlash.
Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish.
Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga ko‘paytirish.
Fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini kamida 50 foizga yetkazish.
89
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.
Davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish.
“Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e'lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish.
100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta'minlash.
“XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH
№
Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar
Amalga oshirish mexanizmlari
90
Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish.
Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol va yaxshi qo‘shnichilik tashqi siyosati olib borilishini izchil davom ettirish.
Hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqotlar o‘rnatish.
Barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam va samarali olib borish.
91
Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.
Mintaqada turli ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yana-da rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish.
Markaziy Osiyoda xalqaro huquq va mintaqadagi barcha davlatlar milliy manfaatlarini inobatga olgan holda keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish.
Markaziy Osiyo davlatlari hududida fuqarolar erkin harakati, shuningdek, tovarlar, xizmatlar va kapitalning sun'iy cheklovlarsiz aylanishiga bosqichma-bosqich erishish, shuningdek, umumiy sayyohlik makonini shakllantirish ishlarini davom ettirish.
Afg‘oniston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirish, uning iqtisodiy tiklanishiga yaqindan ko‘maklashish, transport-tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish.
92
An'anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish.
Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish.
MDH mamlakatlari bilan an'anaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini bundan buyon ham samarali kengaytirib borish.
Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini yana-da mustahkamlash.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mintaqa bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini ko‘paytirish hamda mamlakatimizga investitsiyalar oqimini oshirish.
Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yana-da kengaytirish, yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, keng mintaqalarni bog‘lovchi va O‘zbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yo‘laklarini shakllantirish.
Amerika mamlakatlari, xususan, AQSh bilan yangi davrda strategik sheriklik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirish, investitsiya, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish.
93
Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a'zo bo‘lish.
Milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini Jahon savdo tashkilotining qoida, me'yor va bitimlariga moslashtirish.
Yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash.
Jahon savdo tashkilotiga a'zo davlatlar bilan bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a'zo bo‘lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish.
94
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish.
Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish va ularning sonini 300 taga yetkazish.
O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san'at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun 200 ta grant ajratish.
Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta'lim va ilm-fan sohalarida 100 ta loyihani amalga oshirish.
Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar sonini 100 mingtaga oshirish.
95
Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish.
Ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan kelishuvlar sonini 30 taga oshirish.
Fuqarolarni xorijiy hamkorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kasb-hunarga va chet tillariga o‘qitish doirasida 2 mingta xorijiy kompaniyalar bilan kasbga o‘qitish va ish bilan ta'minlash tizimini tashkil etish.
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan, ularning bandligini ta'minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish.
Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish.
96
Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yana-da kuchaytirish.
Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta'minlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish hamda aholini yot va destruktiv ma'lumotlar ta'siridan himoya qilish, radikallashuvning oldini olish.
Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘siqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish.
97
Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yana-da oshirish.
Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, o‘quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish.
Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta'minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
Qo‘shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida qo‘shinlarning jangovar shayligi va mahoratini rivojlantirish.
Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, birgalikdagi harakatlarning samaradorligi va muvofiqlashganlik darajasini oshirish.
98
Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish.
Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida barvaqt ogohlantirish milliy tizimini joriy qilish.
Suv omborlari va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan ob'ektlarda favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni oldindan prognoz qilish tizimini yaratish.
Yagona global xavfsizlikni ta'minlash, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish salohiyatini kuchaytirish va mintaqaning barcha davlatlari bilan tezkor axborot almashish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulot o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
99
Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash.
Davlat chegarasini qo‘riqlash tizimiga zamonaviy texnologiyalar, kommunikatsiya vositalari va texnik (muhandislik) inshootlarni keng joriy qilish.
Davlat chegarasi xavfsizligini ta'minlash jarayonini sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yana-da avtomatlashtirish.
Chegara buzuvchilari harakatlarini sustlashtirish va qiyinlashtirish jihatdan jihozlanganlik darajasini oshirish.
100
Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish.
“Yosh kitobxon” tanlovini qo‘shimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman) o‘tkazish.
Ta'lim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini 2 baravarga oshirish.
Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 3 baravarga oshirish.
Do‘stlik jamiyatlari sonini 60 taga yetkazish hamda birodarlashgan shaharlar sonini 2 baravarga oshirish.